Oct 26, 2020
Samarkand Half Marathon o'quv dasturi doirasida "Autizm bilan kasallangan shaxslar uchun ijtimoiy-madaniy sog'lomlashtirish imkoniyatlari" onlayn ma'ruzasi. ⠀
Ma'ruzani Yekaterinburg shahridagi "Ochiq shahar" ANT direktori, "Ustalar shahri" ijtimoiy ustaxonasining rahbari va autizm bilan kasallangan bolalar va kattalar uchun bir qator yirik inklyuziv ijodiy loyihalar rahbari Anna Klescheva olib boradi. Anna, shuningdek, autizm bilan kasallangan bolaning onasi ham. Ma'ruzadan siz ijodkorlikning va faoliyatning qaysi turlarini tanlash kerakligini, muntazam mashg'ulotlarni qanday tashkil qilishni va tadbirlarning keyingi yo’nalishini qanday yaratishni bilib olasiz.
⠀
"Ochiq shahar" ANT - bu autism bilan kasallangan va aqliy qobiliyati cheklangan insonlar bor oilalar uchun inklyuziv ta'lim, ijtimoiy va madaniy sog'lomlashtirish, ishga joylashtirish sohasida turli xil xizmatlarni yaratadigan ota-onalarning notijorat tashkiloti. Tashkilot 120 dan ortiq oila va shu sohaga tegishli mutaxassislarni birlashtiradi.